Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rais etib saylandi.
Akbar Jo‘rayev Parij Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha kumush medal oldi. U dast (185 kg) va siltab ko‘tarishda (219) umumiy 404 kg to‘plab ikkinchi o‘rinni egalladi.
Peru davlatida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 nafar o‘zbekistonlik sportchi 12 ta medal oldi.
Tailandning Pxuket shahrida o‘tgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari: Akbar Jo‘rayev va Sharofiddin Amriddinov 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkentda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida KXDR umumiy medallar bo‘yicha 1-o‘rin (33 ta medal), Janubiy Koreya 2-o‘rin (27 ta), O‘zbekiston esa 3-o‘rin (25 ta)ni egalladi. O‘zbekistonlik erkak sportchilar ochkolar borasida eng yaxshi natija ko‘rsatdi (umumiy ro‘yxat).
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza (jami 7 ta) medalini qo‘lga kiritdi. Bu bilan jamoa Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.
Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Muhammadqodir Toshtemirov ikkita medalga ega chiqdi. U dast ko‘tarish bahsida (164 kg) oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchi siltab ko‘tarishda medal ololmagan bo‘lsa ham, umumiy hisobda bronzaga sazovor bo‘ldi.
Nyu-Dehli shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana 13 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Hindistonda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqa 5-avgustga qadar davom etadi.
Koreyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Ruslan Nurudinov ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritib, qit’a chempioni bo‘ldi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Diyorbek Ermatov Albaniyada o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida uchta — bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Doston Yoqubov Qatardagi xalqaro musobaqada uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kolumbiyadagi jahon chempionatida og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov -109 kg vazn toifasida umumiy hisobda 397 kg tosh ko‘tarib, 3 yo‘nalishda (dast ko‘tarish 177 kg, siltab ko‘tarish 220 kg va umumiy hisob) oltin medallarni qo‘lga kiritdi. U 2013 yilda ham umumiy 425 kg tosh ko‘tarib mutlaq ustunlikka erishgandi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida -102 kg vazn toifasida qatnashgan o‘zbekistonlik Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Adhamjon Ergashev terma jamoa hisobiga 3 ta oltin medal keltirgandi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev Bahrayndagi Osiyo chempionatida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Nigora Suvonova (-81 kg) Osiyo chempionatining barcha turdagi dasturlari bo‘yicha 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa hisobiga yana 19 ta medalni Madina Fayzullayeva, Sharofiddin Amriddinov, Qudratbek Salimjonov, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqovalar olib kelishdi.
2024 yilda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilish uchun Toshkent tanlandi, bu O‘zbekistonga Parij Olimpiadasiga litsenziya ochkolarini taqdim etadi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletlar Qudratbek Salimjonov, Nigora Suvonova, Diyorbek Ermatov va Abrorbek Ma’rufbekov o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini jami 10 ta medal bilan yakunladi.
O‘zbekistonlik sportchi Nigora Suvonova og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida uchta kumush hamda Abrorbek Ma’rufbekov bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda 15−25 iyul kunlari og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqada O‘zbekiston nomidan 40 nafardan ziyod atlet ishtirok etishi kutilmoqda. Turnir logotipi tasdiqlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting